Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya TIV: Bashar Asad 600 ming suriyalikning o‘limida aybdor
Turkiya Bashar Asad Suriya hukumati tepasida qolishiga rozi bo‘lmaydi. Bunday bayonot mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li tomonidan berilgan.
«600 ming nafar suriyalikning o‘limida aybdor bo‘lgan shaxsning hukumatda qolishiga rozi bo‘larmidik?», - deya qayd etgan Chovusho‘g‘li.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Asad Suriyani birlashtirishga qodir emas va mamlakat kelajagida unga o‘rin yo‘q.
«Suriya kelajagi mamlakat xalqi tomonidan tanlanishi kerak», degan turkiyalik vazir.
Uning aytishicha, Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini tan oladi.
Chovusho‘g‘li Anqara Halab aholisining xavfsiz hududga evakuatsiya qilinishi uchun katta ishlarni amalga oshirayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Suriya shimolida joylashgan Halab shahri mamlakatda poytaxt Damashqdan keyingi o‘rinda turuvchi ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Bu shahar Turkiyaning janubi-sharqiy chegaralaridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Suriyadagi urush 2011 yilning martida tinch namoyishlar hukumat harbiylari tomonidan o‘t ochib qarshi olingach, boshlanib ketgandi. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida qurolli nizolar tufayli 400 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘lgan, 10 milliondan ortiq kishi muhojirga aylangan. 4,8 million kishi Suriyadan tashqarida boshpana topgan.
Ayni vaqtda Turkiya hukumati Suriya shimolida jangarilardan xoli hudud barpo etish uchun "Frot qalqoni" nomli amaliyot olib bormoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025