49 kunda dunyoni yolg‘iz kezib chiqqan fransuz jahon rekordini o‘rnatdi
Frantsuz dengizchisi Tom Kovil butun dunyoni 49 kun ichida kezib chiqib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bunday natija yilda 4 marta o‘tkaziluvchi, parus sportida tanilgan Vende Globe doirasida qayd etildi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi.
Yaxtalar dunyo regatasiga 6 noyabr kuni Fransiya g‘arbidagi Le-Sabl-d'Olonn shahrida start berildi. Poyga qoidalariga ko‘ra, sportchilar birovga yordam so‘rab murojaat qilishlari va yo‘lda to‘xtashlari mumkin emas. Musobaqada faqat IMOCA (International Monohull Open Classes Association) toifali bir korpusli kemalar ishtirok etishi mumkin.
Kovil 26 dekabr kuni Fransiyaning Brest portiga qaytdi, bu yerda uni parus sportining minglab ixlosmandlari kutib olishdi. Bretanilik sportchi dunyo bo‘ylab regataga beshinchi urinishdan muvaffaq bo‘ldi. "Bu shunga arziydi", - dedi sayohatdan qaytgan Kovil matbuot anjumanida.
Gap shundaki, u jahon rekordini 8 kunu 10 soatga yangiladi. Bundan avvalgi rekord Fransis Juayonga tegishli bo‘lib, u dunyo bo‘ylab 57 kunu 13 soat yolg‘iz kezgan.
"Nihoyat, men 4 soatdan ko‘proq uxlay olaman", - dedi Kovil. Shuningdek u regata davomida bor kuchi va organizmning barcha resurslarini ishga solishga to‘g‘ri kelganini ta'kidladi. "Men mazkur poygada beshinchi marta ishtirok etishim va bu safar hammasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Rojdestvo bayramida uyga - turmush o‘rtog‘im va ikki farzandim oldiga qaytganimdan xursandman", - deya so‘zlariga yakun yasadi dengizchi.
Mavzuga oid
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
16:11 / 22.10.2024
Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir vaqtda 38 ta itning jilovini ushlab yurgan
19:43 / 21.10.2024
Humanoid robot uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
16:50 / 10.10.2024