Barak Obama kelgusidagi rejalarini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Barak Obama lavozimini tark etganidan so‘ng kitob yozadi va o‘z o‘tmishini tahlil qilish bilan mashg‘ul bo‘ladi. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z yuritgan.
«Men biroz tin olishim kerak. Men siyosatni emas, balki ichki xotirjamlikni nazarda tutyapman. Men ichki muvozanatimni tiklashim va bo‘lib o‘tgan voqealarni tahlil qilib chiqishim kerak», — degan Obama va shundan keyingina to‘g‘ri qaror chiqara olishini qo‘shimcha qilgan.
Obamaning hikoya qilishicha, u diqqatini omma orasiga ilg‘or g‘oyalarni singdira oladigan demokratik yetakchilar — jurnalistlar, siyosatchilar va ijtimoiy faollarni yetishtirishga qaratadi. Shu bilan birga, u respublikachi prezident Donald Trampning muhim tashabbuslari va siyosiy qadamlarini izohlab turish niyatida.
Amerika yetakchisining aytishicha, demokrat Hillari Klinton aholining yirik qatlamlariga e'tibor bermagani tufayli mag‘lub bo‘lgan.
Barak Obama 2008 yildan AQSh prezidenti hisoblanadi. 2017 yil 20 yanvarda Donald Tramp inauguratsiyasidan so‘ng, u lavozimini tark etadi.
Mavzuga oid
10:12
AQShda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni aytildi
08:31
AP: AQSh Ukrainaga 275 mln dollarlik harbiy yordam ajratmoqda
08:02
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
22:07 / 19.11.2024