Sport | 18:36 / 26.12.2016
3398
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA jahon chempionatlarini kengaytirishdan 610 million yevro ishlab oladi

Foto: eurosport

FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot kengashiga a'zolarning ko‘pchiligi jahon chempionati final bosqichini kengaytirish g‘oyasini ijobiy tarzda qabul qilishgani haqida ma'lum qilgan. Bu holat 2026 yildan boshlab ro‘y berishi kerak hamda 40 yoki 48 ishtirokchi terma jamoadan iborat bo‘lishi lozim. Infantinoning o‘zi esa mundial final bosqichida 48 qatnashchi bo‘lishi tarafdori.

Moliya jihatdan 48 ishtirokchi bo‘lgan mundial ancha foyda keltirishi mumkin (3 jamoadan 16 guruh). Bu FIFAga qo‘shimcha 610 million yevro ishlab topish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda Tribuna.uz.

Shu holatda foyda Rossiyada 2018 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jahon chempionati bilan taqqoslaganda 20 foizga oshadi.

FIFA o‘yinlar miqdorini oshirishdan tashqari, uchrashuvlar vaqtini ishtirok etayotgan terma jamoa ishqibozlariga qulay soatlarga belgilamoqchi.

Ma'lumot uchun, jahon chempionatlarida 1998 yildan beri 32 jamoa ishtirok etib kelmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid