Sport | 23:29 / 26.12.2016
8456
2 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning Suriyadagi bolalarga videomurojaati eng ko‘p ko‘rilgan videolar qatorida

Portugaliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtanu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriyadagi bolalarga qilgan murojaati 15 million marta ko‘rilgan va 2 milliondan ortiq "layk"ka ega bo‘lgan. 

Facebook foydalanuvchilari videomurojaatni 10,5 million marta ko‘rishgan, 750 ming marta "layk"lashgan, 150 ming foydalanuvchi bu video bilan o‘z sahifasida bo‘lishgan, unga 30 ming izoh yozilgan. 

Instagram foydalanuvchilari futbol yulduzining videomurojaatini 4,1 million marta ko‘rishgan va u 1,4 million "layk" hamda 50 ming izoh to‘plagan.

Twitter'da esa Ronalduning posti 60 ming "layk"ka ega bo‘lib, 50 ming marta retvitlangan. 

Krishtianu Ronaldu Halab va urushdan jabr ko‘rgan boshqa shaharlardagi bolalarga oziq-ovqat, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish kampaniyasiga qo‘shildi.

Ronaldu "Bolalarni qutqaramiz" (Save the Children) dasturi uchun suriyalik bolalarga videomurojaat yo‘llab, ularni haqiqiy qahramonlar deya ta'riflagan. 

"Salom, bu Suriyadagi bolalar uchun. Biz sizning azoblanayotganingizni bilamiz. Men juda mashhur futbolchiman, lekin haqiqiy qahramonlar - sizlar. Umidingizni so‘ndirmang - butun dunyo siz bilan! Biz siz uchun qayg‘uryapmiz. Men sizlar bilanman!", - dedi futbolchi. 

Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, barcha mablag‘lar Suriyadagi oilalarga o‘tkaziladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid