Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada rekord balandlikdagi archa o‘rnatildi
Shri-Lankada 73 metrlik yangi yil archasi o‘rnatildi. Bu archa dunyodagi eng baland sun'iy archa deb tan olinishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. Archani 600 ming yorug‘lik-diodli lampochkalar bezagan, uchiga esa 6 metrlik yulduz o‘rnatilgan.
Bu archani yaratish uchun 80 ming dollar sarflangan.
Shri-Lanka katolik cherkovi vakillarining aytishicha, bu pullarni havoga sovurishdir. Ularning fikricha, bu pullar ehtiyojmandlarga berilsa yaxshiroq bo‘lardi.
Ayni vaqtda 2015 yilda Xitoyning Guanchjou shahrida o‘rnatilgan 55 metrlik archa dunyodagi eng baland sun'iy archa hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025