Jahon | 13:33 / 26.12.2016
7067
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada IShID hujumidan kamida 30 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi

Foto: © AP

IShID jangarilarining Suriyadagi Al Bob shahriga hujumi oqibatida kamida 30 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi turk harbiylari bayonotiga asoslangan holda xabar qilmoqda. Hujum 25 dekabrda amalga oshirilgan. 

Harbiylar bayonotida aytilishicha, jangarilar shu usul bilan shaharni tark etayotgan qochqinlarga halaqit bermoqchi bo‘lgan. 

Avvalroq, IShID jangarilari ikki nafar turk harbiy asirini tiriklay yoqib yuborgani xabar qilingan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid