Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Rojdestvo bayramida ayollar monastiriga tashrif buyurdi
Suriya prezidenti Bashar Asad va uning oilasi Rojdestvo bayrami munosabati bilan Damashq yaqinidagi Saidnoya ayollar monastiridagi yetim bolalar boshpanasiga tashrif buyurishdi. Bu haqda davlat rahbari devoni rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Asad va uning rafiqasi Asma bolalar bilan iliq suhbatlashishgan hamda ularga sovg‘alar ulashishgan. Monastir boshlig‘i oliy darajadagi mehmonlarga bunday g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Saidnoya monastiri Yaqin Sharqdagi xristian diniga mansub kishilarning yirik ziyoratgohi sanaladi. U yerda bibi Maryam ikonasi (VIII asr) saqlanadi. Suriyada 2011 yilda mojarolar boshlanishiga qadar bu yer Qudusdan so‘ng ikkinchi eng yirik ziyoratgoh edi.
Prezident Asad va uning rafiqasi esa an'anaga ko‘ra diniy va milliy bayramlar vaqtida maktablar, kasalxonalar va yetimlar boshpanasiga borishadi. Suriyada ularning tashabbusi bilan urush nogironlari va ularning oilasiga yordam dasturi amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025