Mirziyoyevning prezidentlikka saylanishi o‘zbek-qozoq munosabatlariga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan faol ravishda ishlamoqda, deb ma'lum qildi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov.
TIV rahbari o‘tgan hafta yakunida Toshkentda Mirziyoyev bilan uchrashgandi. «Janob Mirziyoyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanligimiz ma'lum bo‘ldi», - deya Idrisov so‘zlarini keltiradi «Interfaks».
«Biz uchta yirik iqtisodiy blok – mashinasozlik va sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda transport bloklari bo‘yicha ishlash niyatidamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.
Uning xabar berishicha, 2017 yilda yirik qozoq-o‘zbek biznes-forumi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. «Ayni damda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘n yillikka mo‘ljallangan hamkorlik yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda», - deb ta'kidlab o‘tdi TIV rahbari.
Ma'lumot uchun, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov 23 dekabr kuni Toshkentga tashrif buyurdi. U O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.10.2024
Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gazquvuri qurmoqchi
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
12:50 / 30.09.2024
Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
22:16 / 27.09.2024