Hindiston yo‘lovchi samolyoti qo‘nish chizig‘idan tashqariga chiqib ketdi
Seshanba kuni ertalab Hindistonning 161 yo‘lovchisi hamda ekipaj a'zolari bo‘lgan samolyoti Goa aeroportida qo‘nish chizig‘idan tashqariga chiqib ketdi, buning natijasida 15 kishi jarohatlandi. Gulf News shu haqida xabar berdi.
Mamlakatning g‘arbiy qismida faoliyat ko‘rsatuvchi Hindiston harbiy-dengiz kuchlari Jet Airways samolyotini qo‘nish chizig‘idan tashqariga chiqishga nima majbur qilgani hozircha noma'lum ekanini bildirdi.
Voqea Goadagi sayyohliq mavsumining ayni pallasida ro‘y bergan. Bu yerning palmali sohillari har yili minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi.
Harbiy-dengiz kuchlari vakili Sharmaning so‘zlariga ko‘ra, 15 nafar yo‘lovchi u qadar jiddiy bo‘lmagan jarohat olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qolganlar esa sog‘-omon.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024