Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda hojatxonadan topilgan chaqaloqni asrab olishdi
Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida onasi tomonidan tashlab ketilgan qizchani asrab olishdi, deb xabar beradi "Rika TV".
Manshuk Mametova go‘daklar uyida olti oy davomida yashadi. Uni Aqto‘bedagi oila asrab oldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, oilaviy juftlik farzand olish uchun bir necha yil navbatda turgan. Qizchaning yangi ota-onasi matbuot bilan muloqot qilishni istamadi.
Ma'lumot uchun, Aqto‘beda chaqaloq bilan bog‘liq shov-shuvli voqea joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda yangi tug‘ilgan go‘dakni ko‘cha hojatxonalaridan birining ichidan topishgan. Mo‘ldog‘ali O‘rinbosarov ismli erkak chaqaloq yig‘isini eshitib, uni maxsus xizmatlar kelishini poylab o‘tirmay qutqarib olgan. U buning uchun maxsus ingichka simdan foydalandi hamda noma'lum ayol tomonidan unga mo‘ljallangan qopga solingan chaqaloqni qop bilan birga chiqarib oldi.
Politsiyachilar qizchaning haqiqiy onasini topa olishmagan.
Mavzuga oid
18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi
07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum
09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
17:07 / 03.03.2025