Jahon | 18:29 / 28.12.2016
3551
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yilga kelib Yamanda sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligi aytildi

Yamanda sog‘liqni saqlash sohasidagi yaxshilanish ziddiyatga borgan tomonlarning yangi tibbiyot markazlari ochish va mazkur soha xodimlarining xavfsizligini ta'minlash borasida kelishuvga erishishlariga bog‘liq. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yamandgi vakili doktor Ahmad Shadul «Anadolu» agentligi bilan o‘tkazgan suhbatida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun jahonning tinchlik tashkilotlari Yamanga yordamlarini davom ettirishi zarur.

Shadulning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yil mamlakatda xavfsizlik masalasi yomonlashgan, shu bois bir qancha shifokorlar bu yerni tashlab chiqib ketishgan.
Uning fikricha, 2017 yilga kelib Yamanda sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid