Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng keksa erkak panda olamdan o‘tdi
Foto: AFP
Xitoyning Sichuan provinsiyasida joylashgan pandalarni qo‘riqlash va tadbiq etish markazida 28 dekabr kuni dunyodagi eng keksa erkak panda jon berdi. Uning laqabi Panpan edi. Bu haqda Global Times gazetasi yozmoqda.
Mahalliy "Sychuan tszaysyan" nashrining yozishicha, pandaning oshqozonida saraton bezi bo‘lgan va uning salomatligi borgan sari yomonlashgan. Ma'lum qilishlaricha, mutaxassislar uni davolash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishgan, ammo uni qutqarib qolisha olmagan.
Avvalroq china.com saytining ma'lum qilishicha, Panpan 1985 yilning sentabr oyida Sichuan provinsiyasining Baosin uyezdida tug‘ilgan. Xabarlarga ko‘ra, undan 130 ta zurriyot qolgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025