Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 2016 yilgi eng yaxshi sportchisi nomi e'lon qilindi
O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekistonda 2016 yilgi eng yaxshi sportchi nomini e'lon qildi. Vazirlik Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari chempioni, bokschi Hasanboy Do‘smatovni 2016 yilning eng yaxshi sportchisi deb topdi. Sportchimiz o‘ziga topshirilgan haykalchani O‘zbekiston boks federatsiyasidagi matbuot-anjumanga yig‘ilgan jurnalistlarga namoyish qildi.
Bu mukofot Andijon boks maktabi vakili, iste'dodli yosh sportchi oxirgi 5 oy ichida qo‘lga kiritgan uchinchi nufuzli mukofotdir. Braziliya Olimpiadasi boks musobaqasi yakunlariga ko‘ra, Hasanboy Olimpiya o‘yinlarining eng yaxshi texnikaga ega bokschisiga beriladigan Vel Barker kubogi sohibi bo‘lgandi.
Shuningdek, Xalqaro boks uyushmasi AIBA tvitterda yilning eng yaxshi bokschisini tanlash uchun ovoz berish o‘tkazgan. Uning natijasi butun dunyo mutaxassislarini lol qoldirdi. Bunga esa 77 foiz ovoz bilan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan hamyurtimiz sabab bo‘lgan. Taqqoslash uchun, bu ovoz berishda qozog‘istonlik Doniyor Yeleusinov 18 foiz olib, 2-o‘rinni, kubalik mohir bokschi Robeysi Ramires esa 3-o‘rinni egallagan. Shu tariqa Hasanbay Do‘smatov dunyo ahlini lol qoldirib, 2016 yilda AIBAning eng yaxshi bokschisi deb topilgan va "AIBA best men boxer 2016" mukofotini olgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025