Jahon | 17:39 / 29.12.2016
10849
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina prezidentining mashinasi toshbo‘ron qilindi

Argentina prezidentining mashinasi toshbo‘ron qilindi, deb xabar beradi Clarin nashri.

Nashrning prezident ma'muriyati bayonotiga asosan xabar berishicha, davlat rahbari hodisa ro‘y bergan paytda Neuken viloyatida bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, “prezidentning kun tartibi o‘zgarishsiz qoladi”.

Aniqlik kiritilishicha, toshlarni o‘n kishi otgan. Argentina prezidenti jarohat olmadi, mashinadagi ikkita oyna singan, xolos.

Oxir-oqibat jinoyatchilar politsiya kelib qolgani tufayli bu ishni to‘xtatishgan.

Mavzuga oid