Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: O‘tkinchilar 3,5 ming dollari ko‘chaga sochilib ketgan erkakka yordam berishdi
Xitoyning Lyaonin viloyatidagi banklardan birida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi ajoyib holatni tasvirga tushirdi. Unda bir necha o‘tkinchi kishilar taxminan 25 ming yuan (deyarli 3570 AQSh dollari) miqdordagi pullari it sabab ko‘chaga sochilib ketgan erkakka ularni yig‘ib olishda yordam berayotganliklarini ko‘rish mumkin. Rolik CCTV nashri tomonidan chop etildi.
Gao ismli erkak bankdan chiqib, itini qo‘lida ushlab qola olmagan va ko‘p miqdordagi pullarini yerga tushirib yuborgan. Biroq, bir necha o‘tkinchilar mablag‘larni yig‘ishga darrov ko‘mak berishdi hamda ularni jonivorning “omadsiz” egasiga tutqazishgan.
Gaoning o‘zi esa bu holatdan hayratga tushganini yashirib o‘tirmadi: «Bu mening butun bir yil davomida ishlab topgan pullarim edi. Ularni qaytarib olishga ko‘zim yetmagandi. Menga yordam bergan barcha kishilar notanish edi. Ulardan juda minnatdorman. Hammaga rahmat».
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025