Sport | 11:13 / 30.12.2016
6436
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» va «Siti» «Borussiya» futbolchisi uchun raqobatlashadi

Kataloniyaliklar jamoasi Serxio Busketsga o‘rinbosar qidirmoqda, ammo Xosep Gvardiola ularga to‘sqinlik qilmoqchi.

«Barselona» «Borussiya»dan Yulian Vayglni sotib olmoqchi. Rahbariyat 21 yoshli germaniyalik futbolchini Serxio Busketsga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

«Ko‘k-anorranglilar»ga bu transfer amalga oshishida «Manchester Siti» to‘sqinlik qilishi mumkin. Vayglni o‘z jamoasi safida ko‘rishni «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Bavariya»da ishlayotgan vaqtida ham istagandi. AS xabariga ko‘ra, u hozirgi jamoasi rahbariyatini Yulianni sotib olishga ko‘ndirmoqchi.

Dekabr oyida Yulian Vaygl «Borussiya» bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirgandi.

Transfermarkt.de ushbu futbolchini 18 mln yevroga baholagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid