Hindistondagi ko‘mir konida yuz bergan o‘pirilish 9 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: Reuters
Hindistonning Jarkxand shtatidagi ko‘mir konida yuz bergan o‘pirilish sabab kamida to‘qqiz nafar konchi halok bo‘ldi. India Today telekanalining xabar berishicha, yana 50 nafar inson yer tagida qolmoqda.
Avvalroq, 40 kishi jabrlangani xabar qilingandi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, o‘pirilish konga kiraverishda yuz bergan bo‘lib, buning natijasida ishchilar ichkarida qolib ketishgan. Qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hodisaga Twitter’dagi o‘z sahifasida izoh berdi. "Men Jarkxand shtatidagi shaxtada ko‘plab kishilar halok bo‘lganidan juda afsusdaman. Biz yer ostida qolganlarning haqiga duo qilmoqdamiz", - deya yozdi u.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025