Jamiyat | 14:37 / 30.12.2016
12058
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga yangi rais tayinlandi

Foto: UzReport

30 dekabr kuni O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur tashkilotning hududiy bo‘linmalaridan vakillar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Anjumanda uyushmaning o‘tgan 3 yillik faoliyati atroflicha muhokama etildi.

O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi milliy jurnalistikaning jamiyat hayotidagi ta'sirini yanada oshirishga imkon yaratmoqda. 

Kontseptsiya doirasida fuqarolarning axborot erkinligiga doir huquq va manfaatlarini ta'minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida ochiq va samarali muloqot o‘rnatishda OAVning roli va ta'sirini yanada kuchaytirish imkoni paydo bo‘lmoqda.

Anjumanda bugungi globallashuv zamonida uyushma faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bilan bog‘liq vazifalar haqida fikr bildirilib, tashkiliy masalalarga ham alohida e'tibor qaratildi. 

Sa'dulla Hakimov O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining raisi etib saylandi.

 

Mavzuga oid