Jahon | 08:35 / 31.12.2016
4997
1 daqiqa o‘qiladi

Tunisning Fransiyadagi konsuliga hujum qilindi 

Foto: Reuters

Fransiyaning Tuluza shahridagi Tunis konsuliga qurollangan erkak hujum qildi, deb xabar bermoqda Europe 1 radiostansiyasi.

Radiostansiya ma'lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli tunislik 30 dekabrda konsul huzuriga oilasini birlashtirish masalasi bo‘yicha kelgan. U konsul xonasida birdaniga buyumlarni sindira boshlagan, so‘ngra yonidan to‘pponcha olib, konsulga tahdid qilgan.  

Shovqinga qo‘riqchilar yetib kelib, bosqinchini qo‘lga olishgan. Ta'kidlanishicha, to‘pponcha o‘qlangan bo‘lgan.  

Tuluza politsiyasi tunislikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ma'lum qilinishicha, bosqinchining harakatlari terakt sifatida baholanmagan. "Bu ko‘proq shaxsiy adovatga o‘xshamoqda", deb ta'kidlangan prokuraturada.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid