Iqtisodiyot | 20:25 / 02.01.2017
17009
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy hukumati 1 yanvardan chet el valyutasi xaridiga cheklov joriy qildi

Foto:Getty images

Bundan buyon o‘z yuanlarini boshqa mamlakat valyutasiga ayirboshlashni istagan kishi o‘zi va pulning kelib chiqishiga doir qo‘shimcha ma'lumot taqdim etishi kerak bo‘ladi. Bu haqida VVS nashri xabar berdi

50 dollar miqdoridagi valyuta ayirboshlash uchun yillik kvota o‘zgarishsiz qolmoqda. 

Xitoy davlat ma'muriyatida ma'lum qilinishicha, hukumat shu tariqa kapitalning mamlakatdan tashqariga chiqish hajmini qisqartirishga umid qilmoqda. 

Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, 2015 yilda Xitoydan chiquvchi kapital oqimi 1 trillion dollarga yetgan. 

Bloomberg Intelligence ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning yanvar oyidan sentabrigacha Xitoydan 690 milliard dollar olib chiqilgan. 

 

Mavzuga oid