Jahon | 21:26 / 02.01.2017
7557
1 daqiqa o‘qiladi

Qarag‘anda viloyati hokimiyati uy qulashi tufayli halok bo‘lganlarning oilalariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati, Shaxan posyolkasida ko‘p qavatli uy qulashi oqibatida haloka bo‘lganlarning va jarohatlanganlarning oilalariga byudjyetdan yordam ajratiladi. Bundan tashqari, hokimiyat halok bo‘lganlarning dafn marosimini o‘tkazish xarajatlarini zimmasiga olgan.

Ma'lum qilinishicha, hokimiyat tomonidan halok bo‘lganlar uchun 1 million tengedan, jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilganlar uchun 500 ming tengedan mablag‘ ajratadi.

Shuningdek, halokat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar hisoblab chiqiladi. Shunga ko‘ra, kompensatsiya mablag‘lari ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qarag‘anda viloyati, Shaxan posyolkasida ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi va 2 kishi jarohatlandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid