Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland: Iroqdagi IShID bilan kurash Fransiyada teraktlar oldini olishga yordam bermoqda
Iroqdagi IShID jangarilari bilan kurash Fransiya hududida teraktlar sodir etilishining oldini olishda yordam bermoqda. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland ma'lum qildi.
Avvalroq, Olland Bag‘dod shahriga harbiy xizmatchilar bilan uchrashish maqsadida kelgani xabar qilingandi. Ular xalqaro koalitsiya tarkibida IShID bilan kurashda ishtirok etishmoqda. Fransiya prezidenti tashrif davomida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar bilan muzokaralar o‘tkazishi ham kutilmoqda.
"Iroqda terrorchilik bilan kurash bo‘yicha qabul qilingan choralar - bu bizning hududda terakt sodir etilishining oldini olishdir", - deya Ollandning bayonotidan iqtibos keltiradi Frans Press agentligi.
"Iroqning tiklanishiga yordam beruvchi barcha vositalar - bu IShID tomonidan bizning yerimizda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlarning oldini olishga qo‘shimcha talabdir", - ta'kidlab o‘tdi Fransiya rahbari.
IShID bugungi kunda dunyo xavfsizligi uchun eng katta tahdidlardan biri sanaladi. Terrorchilar uch yil davomida Iroq va Suriyaning katta hududlarini bosib olishdi. Ularning bir qismi esa so‘nggi oylarda qaytarib olingan. IShID bilan kurash bo‘yicha yagona front mavjud emas: jangarilar bilan Suriya hukumat qo‘shinlari Rossiya havo kuchlari ko‘magida, Iroq armiyasi, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, shuningdek kurdlar, livanlik va iroqlik shialar ko‘ngillilari kurash olib bormoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi
17:34 / 31.01.2025