Rimliklar Vatikan hududida McDonald's ochilganidan g‘azablanishmoqda
Rim shahri markazida, Vatikanga tegishdi binoda McDonald's restorani ochilishi mahalliy aholi va dindorlarning g‘azabini keltirdi. Bu haqda CNBC telekanalida xabar berilgan.
Bu restoran Vatikan hududida Avliyo Pyotr maydoni yaqinida paydo bo‘lgan. U Katolik cherkovi kardinallari istiqomat qiladigan uyning birinchi qavatida joylashgan.
Restoranning ochilishi haqida oldindan hech kim ogohlantirmagan, Vatikan ma'muriyati yoki L'Osservatore Romano rasmiy nashri ham bu haqida hech narsa demagan.
Rimliklar bu restoranga darhol MakVatikan nomini berishdi. Ma'lum bo‘lishicha, Vatikan bu ovqatlanish tarmog‘idan ijara sifatida har oyda 30 ming dollar oladi. Papa akademiyasi professori, kardinal Elio Sgrechchio Vatikanning bu harakatini qattiq qoralagan.
Mavzuga oid
14:05 / 25.07.2024
Vatikan Ukrainani tinchlikka erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyor
23:04 / 25.07.2021
Vatikan ilk bor dunyodagi mol-mulki haqidagi ma'lumotni oshkor qildi
14:45 / 28.04.2021
Zelenskiy Vatikanni Putin bilan uchrashish uchun eng yaxshi joy deb atadi
09:19 / 19.04.2020