Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL, 20-tur. "MYu" "Vest Hem"ni mag‘lub etib, qatorasiga 6-o‘yinda g‘olib bo‘ldi
Foto: Twitter/ManUtd
APLning 20-turida "Manchester Yunayted" safarda "Vest Hem"ga qarshi maydonga tushdi. "Olimpiyskiy" stadionida kechgan o‘yin mehmonlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu Mourino shogirdlarining musobaqadagi qatorasiga kiritilgan 6-g‘alabasi bo‘ldi.
O‘yindagi ilk gol 63-daqiqada Xuan Mata tomonidan kiritildi. Oradan 15 daqiqada o‘tib, mehmonlar hujumchisi Zlatan Ibrahimovich himoyachi xatosidan unumli foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
20-turdan so‘ng "MYu" 39 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Vest Hem" esa 22 ochko to‘plab, 13-o‘rinni egallagan.
Vest Hem – Manchester Yunayted 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 63 Mata, 0:2 – 78 Ibrahimovich.
Vest Hem – Rendolf, Ogbonna, Rid, Kressuell, Lansini (Ayyu, 89), Antonio, Feguli, Kuyate (Fernandesh, 82), Payyet (Kerroll, 69), Nordtveyt, Obiang.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Djons, Darmian (Mata, 46), Valensiya, Pogba, Kerrik, Mxitaryan (Smolling, 65), Errera, Lingard (Reshford, 58), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Payyet (29), Darmian (42), Valensiya (75), Nordtveyt (90).
Chetlatish: Feguli (15).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025