Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyalik bolalar qayta ta'mirlangan maktablarda ta'limni davom ettirishadi
Suriya muxolifat kuchlariga IShIDga qarshi kurashishda yordam berib kelayotgan Turkiya terrorchi guruh tomonidan qo‘lga olingan shaharlarni qayta tiklashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bugungi kunda maktablarni qayta tiklash vazifasi ustuvor bo‘lib, Turkiyaning Maorif fondi Jarablusda ikki maktabni qayta ta'mirlab va tiklab ishga tushirishga ulgurdi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, boshqa shaharlarda ham bir qator maktablar faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda.
Jarablus Suriyada o‘tkazilgan Frot qalqoni operatsiyasi davomida ozod qilingan ilk shaharlardan biri bo‘ldi. Shaharda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda, bu yerning aholisi Turkiya va Suriyaning nisbatan xavfsiz shaharlaridan qaytarilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Turkiya Maorif fondi Suriyaning terrordan qutulgan hududlarida yaqin orada yana to‘rt maktabni ochishni rejalashtirmoqda. Turkiya tegishli hududlarga maktablar ta'miri uchun me'morlar va texniklar jamoasini jo‘natgan. O‘quv muassasalari imkon qadar tezroq ochilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Maorif fondi Suriyada tibbiy xodimlarni tayyorlovchi professional o‘rta maktabni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Fond terror xavfi ortda qolgan Ar-Ray, Al-Bab va Manbij shaharlarida ko‘proq maktablar ochmoqchi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:01 / 24.05.2025