Tamaki mahsulotlariga yangi aksiz soliqlari belgilandi
O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariluvchi tamaki mahsulotlariga yangi aksiz soliq stavkalarini belgiladi. Bu haqida Uzdaily'da ma'lum qilindi.
Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq belgilandi.
Hukumat O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi tamaki mahsulotlariga aksiz soliqlar stavkasini oshirdi. Filtrli va filtrsiz sigaretlarning aksiz soliqlari (ming dona uchun) 28,794 ming so‘mdan 37,432 ming so‘mga oshdi (+29,9 foiz).
Ta'kidlash joizki, Hukumat O‘zbekistonga olib kiriluvchi tamaki mahsulotlariga nisbatan belgilangan aksiz soliq stavkalarini saqlab qoldi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekistonga olib kiriluvchi sigaretga (kod - TN VED 2402 20) belgilangan aksiz soliq qiymati (ming dona uchun) 18,2 dollar miqdorida saqlab qolingan.
Shuningdek tamaki va uning muqobillaridan tayyorlangan sigaretlarga (kod - TN VED 2402 20 900 0) ham (ming dona uchun) 90 dollar (2016 yilda - 55 dollar) miqdorida aksiz solig‘i belgilangan.
Sigara va chetlari kesilgan sigaralar, sigarillalarga nisbatan belgilangan aksiz soliq stavkasi (1 dona uchun) 0,42 dollar darajasida saqlab qolindi.
Mavzuga oid
12:29 / 07.07.2023
Toshkentda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 3,3 mlrd so‘mlik sigaret yo‘q qilindi
08:55 / 19.05.2023
Fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qaytarib beriladi
09:55 / 09.05.2023
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani ochiqlandi
20:16 / 08.05.2023