Jahon | 09:41 / 03.01.2017
5817
1 daqiqa o‘qiladi

Texasda zaharli gazdan bolalar halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

AQShning Texas shtatida zaharli gazdan 4 bola halok bo‘ldi va yana 6 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda NBC telekanali. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 2 yanvarda Amarillo shahridagi turar joy binosida sodir bo‘lgan. Noma'lum kimsa zararkunandalarga qarshi kimyoviy moddalar saqlanadigan yerto‘la xonasini tozalamoqchi bo‘lganda pestitsidning suv bilan kimyoviy reaksiyasi yuz berib, o‘ta zaharli  fosfin gazi ajrab chiqqan. Bu gazning uzoq vaqt ichga nafas bilan yutilishi o‘limga olib keladi.

Telekanalning ma'lum qilishicha, bir bola voqea joyida, qolgan 3 nafari shifoxonada halok bo‘lgan. Ularning barchasi shu uyda yashaganlar.  

 

Mavzuga oid