Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda to‘ng‘izlar tufayli 146 YTH qayd etildi
Madrid hukumati yovvoyi to‘ng‘izlarni otish bo‘yicha kampaniyaga start berishiga to‘g‘ri keldi. Bunga ularning shahar yaqinida ko‘payib ketgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. The Local nashri shu haqida xabar berdi.
So‘nggi 5 yilda shahar hukumati bir necha marta shunday kampaniya haqida e'lon qilgan. Aholi o‘q ovozidan qo‘rqib ketmasligi uchun to‘ng‘iz ovi nayzalar yordamida amalga oshiriladi.
Biroq ekologlar jonivorlarning bunday usulda yo‘q qilinishiga qarshi chiqishmoqda, bunga muvaffaqiyatsiz ov natijasida to‘ng‘izlarning azoblanib o‘lishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Ovchilar parklar, golf mayonlari va Madrid chekkalarida to‘ng‘izlarni nayzadan poylashmoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Madridda to‘ng‘izlar tufayli kamida 146 YTH sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
22:19 / 09.09.2024
Madrid elektrosamokatlar ijarasini taqiqlab qo‘ydi
12:00 / 28.08.2024