Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Maykl Jyeksonning singlisi 50 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirdi
 
                                    Foto: Twitter/NBCNews
Pop qiroli Maykl Jyeksonning singlisi, amerikalik qo‘shiqchi Janet Jyekson 50 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda qo‘shiqchining vakiliga asoslanib, People xabar bermoqda.
«Janet Jyekson va uning turmush o‘rtog‘i Vissam al Mana o‘zlarining ilk farzandi Eys al Mananing tug‘ilganidan juda xursand», — deb ma'lum qilgan qo‘shiqchining vakili.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, Jyeksonning tug‘uruq jarayoni yengil kechgan va u ayni damda salomatligi tiklanmoqda.
Ma'lumot uchun, Janet Jyekson 2012 yilda uchinchi bor erga tekkan edi. Uning turmush o‘rtog‘i Vissam al Mana biznesmen bo‘lib, asli qatarlik hisoblanadi.
Mavzuga oid
 
                        22:06 / 31.10.2021
Maykl Jyekson eng serdaromad marhum kishilar reytingida yetakchilikni boy berdi
 
                        17:39 / 25.12.2020
Maykl Jyeksonning mashhur ranchosi 22 mln dollarga sotildi
 
                        08:28 / 18.12.2020
Maykl Jyeksonning oilasi HBO telekanalidan 100 million dollar kompensatsiya oladi
 
                        23:26 / 31.10.2019
 
               
             
              