O‘zbekistonda bir necha yirik kompaniyalar ko‘pgina soliq va majburiy to‘lovlardan ozod etildi
O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, alohida sub'yektlarga soliq imtiyozlari belgilandi, shu bilan birga avval belgilangan ba'zi imtiyozlar muddati uzaytirildi. Bu haqida Norma.uz saytida ma'lum qilindi.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining Maxsus aviatsiya ishlari (MAI) imtiyozlari belgilandi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining Maxsus aviatsiya ishlari (MAI) aviakompaniyasi 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilindi.
Ma'lumot uchun: kompaniyaning aviatsiya transporti qishloq xo‘jaligida aviakimyoviy ishlarni bajarish, vazirliklar va idoralar buyurtmasiga ko‘ra, aerofototasvir parvozlarini amalga oshirish va shu kabi maqsadlarda qo‘llaniladi.
Imtiyozlarga to‘g‘irlashlar kiritildi va uzaytirildi
«JV MAN Auto – Uzbekistan» MChJ 2020 yilning 1 yanvariga qadar ozod qilinadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar ro‘yxatiga aniqlik kiritildi: yuridik shaxslarning daromad solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig‘i, Moliya vazirligi qoshidagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar.
Shuningdek quyidagi xizmat turlarini taqdim etuvchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi va daromad solig‘i to‘lashga doir imtiyozlarning amal qilish muddati 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi: qishloq joylarida poyabzal va charm mahsulotlari, soatlar, maishiy elektron uskunalar va elektr jihozlarni (televizor, audio va video qurilmalar, kompyuter, printer texnikalari, muzlatgich, konditsionerlar va b.sh.) ta'mirlash sohasidagi xizmatlar, shuningdek, qishloq joylarida ko‘rsatiladigan sartaroshlar va go‘zallik salonlari xizmatlari, Qishloq joylardagi kiyim-kechak tikish va to‘g‘irlash xizmatlari, kimyoviy tozalash xizmatlari, ta'lim sohasidagi xizmatlar (masalan, kompyuterda ishlashni o‘rgatish), sanatoriylar, bolalarni sog‘lomlashtirish muassasalari, bolalar sport muassasalari va seksiyalar xizmatlari, bundan tashqari, bolalar, nogironlar va keksa yoshli fuqarolarni parvarish qilishga oid xizmatlar, axborot-resurs markazlari, elektron ta'lim , axborot-kutubxona markazlari xizmatlari, qishloq joylarda ko‘rsatiladigan kompyuter dasturlash xizmatlari.
Davlat Geologiya qo‘mitasi, "Navoiy TMK" davlat korxonasi hamda "Olmaliq TMK" AJning geolgiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun jihozlar, materiallar, maxsus transport vositalari, shuningdek, ularning ehtiyot qismlarini olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilishga doir imtiyoz muddati 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash hamda mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturi doirasida olib kirilayotgan zamonaviy o‘quv-laboratoriya va kompyuter texnikasi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-uslubiy adabiyotlari 2017 yilning 31 dekabrigacha bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan, ya'ni hujjatning amal qilish muddati bir yilga cho‘zilgan.
Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilariga to‘lovlardan ozod qilishga doir imtiyozlar 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun olib kiriluvchi umumiy mustahkamlovchi polivitaminlar majmuiga nisbatan belgilangan bojxona to‘lovlaridan ozod qilish imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.
Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno.
Mavzuga oid
17:02 / 16.11.2024
Yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’yektlari rag‘batlantiriladi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024