Jahon | 13:51 / 05.01.2017
5014
1 daqiqa o‘qiladi

A321 samolyoti tufayli bir kunga yopilgan Kaliningrad aeroporti o‘z faoliyatini tikladi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi Xrabrovo aeroporti o‘z faoliyatini shtatlar jadvali asosida qayta yo‘lga qo‘ydi. U «Aeroflot» aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti bilan yuz bergan hodisadan so‘ng, vaqtincha yopilgan edi. Bu haqda RIA Novosti agentligi viloyat gubernatori v.b. Anton Alixanovga asoslangan holda xabar qilmoqda.

«Aeroflot» kompaniyasining uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan Airbus A321 samolyotini Baltika flotining maxsus texnikasi yordamida tortib keltirilgani xabar qilingan.

3 yanvar kuni Moskvadan uchib kelgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan edi. Uning bortidagi yo‘lovchi va ekipaj a'zolaridan hech kim jiddiy jabrlanmagan. 3 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid