Jahon | 13:15 / 05.01.2017
9347
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda B-52 bombardimonchi samolyotining dvigateli uzilib tushdi

Foto: © AP

AQSh harbiy-havo kuchlarining B-52 strategik bombardimonchi samolyoti o‘quv parvozini amalga oshirayotgan chog‘da kutilmagan hodisa ro‘y berdi. HHK qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, samolyotning dvigateli Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot bazasidan 46 km shimoli-sharqda qanotidan tushib ketgan. 

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, hodisadan jabrlanganlar yo‘q. Dvigatelidan mahrum bo‘lgan samolyot yerga hech qanday talofatsiz qo‘ngan. Yadro kallaklari o‘rnatilgan bombalarni elta oladigan B-52 samolyotiga Pratt & Whitney kompaniyasida ishlab chiqilgan 8ta turbovintli dvigatel o‘rnatilgan. Samolyotning parvozi chog‘ida, uning bortida 5 kishidan iborat ekipaj a'zolari bo‘lgan. 

Hozirda surishtiruv ishlari borilmoqda hamda hodisa sabablari aniqlanayapti. Yerga qulagan dvigatel topilgan va yig‘ib olingan, deb yozgan Defense News haftaligi elektron nusxasida.

B-52 samolyoti – Amerikaning eng keksa og‘ir, uzoq masofaga ucha oladigan bombardimonchi havo layneridir. U 1955 yildan beri harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Hozirda, AQSh HHK tarkibida 76 ta shu rusumdagi samolyot mavjud. Ularning har biri 31,5 tonn qanotli raketalar, bomba va minalarni tashiy oladi. Ular 2040 yilgacha foydalanilishi taxmin qilinyapti. 

 

Mavzuga oid