Jahon | 00:01 / 05.01.2017
4970
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York gubernatori poyezd halokatining sababini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Nyu York gubernatori Endryu Kuomo Nyu York shahri Bruklin tumanida yo‘lovchi poyezdi halokatiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi. U bu haqda Twitter sahifasida yozgan. 

«Long Island Rail Road kompaniyasining poyezdi bufer qarshisida to‘xtashi lozim edi. Biroq, to‘xtay olmagan. Voqeada hech kim halok bo‘lmaganini xabar qilishdan mamnunman. Eng jiddiy jarohat oyoq sinishi bo‘lgan», — deb yozgan Kuomo.

NBC telekanalining xabar qilishicha, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisada 103 kishi jabrlangan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar faoliyat yuritmoqda. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayapti. 

Mavzuga oid