Jahon | 08:33 / 05.01.2017
5275
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Fransiyada Kosovoning sobiq bosh vaziri hibsga olindi

Foto: AFP

Kosovoning sobiq bosh vaziri Ramush Xaradinay Fransiyada Serbiya hukumati bergan orderga ko‘ra hibsga olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, 1998-1999 yillardagi urushda kosovolik albanlar dala qo‘mondoni bo‘lgan Xaradinay Serbiyada harbiy jinoyatchi hisoblanadi. 

Xaradinay Kosovoning bosh vaziri lavozimini 2004-2005 yillarda egallagan. Ta'kidlanishicha, Xaradinay BMTning Gaagadagi xalqaro sudida harbiy jinoyatlar ishlari bo‘yicha ikki marta sudlangan, biroq oqlangan.

1999 yilda Kosovo ozodlik armiyasining alban ayirmachilari bilan Serbiya armiyasi o‘rtasidagi qurolli ixtilof Yugoslaviyaning NATO kuchlari tomonidan bombardimon qilinishiga olib kelgan. 2004 yil martida kosovolik albanlar serblarning o‘lkadan ommaviy ketishi va ko‘plab tarixiy va madaniy yodgorliklarning yo‘q bo‘lishiga olib kelgan qirg‘inlar sodir etgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid