Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Dogan xoldingi xodimlari tintuv qilindi
Turkiya politsiyasi Dogan xoldingining sobiq bosh direktori va bosh huquqiy maslahatchisining idora va uylarini tintuv qilib, ularni qo‘lga oldi. Bu haqida 5 yanvar, payshanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Turkiyaning Dogan xoldingi OAV, moliya, turizm va energetika sohasida faoliyat yuritadi, shuningdek Hurriyet gazetasi va CNN Turk telekanaliga egalik qiladi.
Xolding kompaniyasida ma'lum qilinishicha, tintuvlar faqat shaxsiy idoralar va ikki xodimning uyida o‘tkazilgan. Huquq-tartibot organlarining harakatlari kompaniya faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmagan.
Politsiya iyul oyidagi harbiy to‘ntaruv harakatlarida ayblanayotgan muxolifat voiz Fathulloh Gulen tashkilotiga nisbatan yo‘lga qo‘yilgan tergov doirasida harakat qilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025