Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Admiral Kuznetsov» Suriyani tark etadi
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari armiya generali Valeriy Gerasimov Rossiya Qurolli kuchlarining Suriyadagi guruhlari qisqartirilishini ma'lum qildi. Uning bayonotiga ko‘ra, birinchi bo‘lib «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchisi, «Petr Velikiy» kreyseri va ularga hamrohlik qiluvchi kemalar mintaqani tark etadi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Rossiya Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Putin qaroriga muvofiq, Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi Qurolli kuchlar guruhlarini qisqartirishga kirishadi», — degan Gerasimov.
U, shuningdek, 2016 yil 30 dekabr yarim tundan buyon Suriyaning barcha hududida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi amalda ekanini eslatib o‘tgan. Bu albatta, terrorchilik guruhlariga joriy etilmaydi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025