Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh razvedkasi Rossiya oliy rahbariyatini xakerlik hujumlariga aloqadorlikda ayblamoqda
AQSh razvedkasi Vashington tomonidan Moskva zimmasiga qo‘yilayotgan yaqindagi xakerlik hujumlariga Rossiya oliy rahbariyati ruxsat bergan bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqmoqda. Bunday fikr AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper, AQSh mudofaa vazirining razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Marsel Lettre va Milliy xavfsizlik agentligi va AQSh qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligi boshlig‘i admiral Maykl Rojyersning AQSh senatining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishidagi qo‘shma bayonotida bildirilgan.
"Bizning fikrimizcha, Rossiyaning eng yuqori lavozimli rasmiy shaxslari AQShdagi saylovlar bilan bog‘liq ma'lumotlarni o‘g‘irlab, ularni oshkor qilishga ruxsat bergan bo‘lishi mumkin", deyilgan xabarda.
Rossiyada AQShning bu ayblovlari rad etib kelinmoqda. AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper razvedkaning xakerlik hujumlari bo‘yicha hisoboti keyingi haftada tarqatilishini aytgan. Uning aytishicha, hisobotning berilishida razvedka "manbalar va usullar himoyasiga zarur e'tibor qaratadi", bu esa ma'lumotlar to‘liq bo‘lmasligini anglatadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025