Fan-texnika | 16:51 / 06.01.2017
5712
2 daqiqa o‘qiladi

Google algoritmi 60 nafar Go o‘yinchisidan mag‘lubiyatsiz ustun keldi

Google DeepMind jamoasi Go o‘yini uchun maxsus algoritm sinovini yakunladi. AlphaGo algoritmini sinash ishlari o‘tgan yilda boshlangan edi. Professional o‘yinchi bilan ilk bahs 2016 yil martida o‘tkazilgan. O‘shanda dastur taniqli Go o‘yinchisi Li Sedol bilan kuch sinashgan edi. Unda beshta o‘yindan 4tasida DeepMind g‘alaba qozongandi. 

Sedolni mag‘lub etgan algoritm haqida uzoq vaqt unutishdi. Biroq, o‘tgan yilning 29 dekabr kuni Go onlayn-o‘yin maydonlarida Master laqabli o‘yinchi paydo bo‘ldi. U 60ta o‘yindan birortasida mag‘lub bo‘lmadi. Bittasida durang qayd etilgan. U ham bo‘lsa, Masterning hujumiga dosh berolmagan raqib o‘yinni tark etgan. 

5 yanvar kuni DeepMind ishlab chiqaruvchilari Master nomi bilan AlphaGo dasturining takomillashtirilgan namunasi o‘ynaganini tan olishdi. Mag‘lub bo‘lganlar orasida Go o‘yini bo‘yicha Xitoy chempioni ham bo‘lib, u algoritmni olqishlagan. 

Go — taxta ustida o‘ynaladigan mantiqiy va strategik o‘yin bo‘lib, maydonning aksar qismini egallash bilan raqibni mag‘lub etish talab etiladi. 

Mavzuga oid