Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Turkiyaga Injirlik aviabazasi yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirdi
Amerikalik harbiylarning Turkiyaga tegishli bo‘lgan Injirlik bazasidan foydalanishlarini cheklab qo‘yish Vashingtonning Anqaraga IShID bilan kurashda ko‘rsatayotgan ko‘magiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Jon Ernest ma'lum qildi.
"O‘ylashimcha, Injirlik bazasidan foydalanishni cheklash bilan tahdid qilish bizning berishimiz mumkin bo‘lgan ko‘magimizga salbiy ta'sir ko‘rsatadi", - dedi Oq uy matbuot kotibi. Uning ta'kidlashicha, bunday harakatlar “chiptachiga zarda qilib piyoda ketish” bilan bir xil ekan. U bunday bo‘lmasligiga umid bildirgan.
Ernestning so‘zlariga ko‘ra, "Turkiya NATOning juda muhim ittifoqdoshi hisoblanadi" va Vashington Anqaraga IShID bilan kurashda qo‘shimcha ko‘mak berishga tayyor.
Avvalroq, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Veysi Qaynoq Anqara AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining Injirlik aviabazasida joylashishi masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, harbiy bazaning koalitsiya va NATO kuchlari tomonidan ishlatilishi borasidagi masala Turkiya hukumatining kun tartibida bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, Injirlik aviabazasi AQSh va Turkiya harbiy havo kuchlari tomonidan ishlatiladi hamda uning faoliyati ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bilan tartibga solinadi. Bazada AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga kiruvchi va IShID terrorchilik guruhiga qarshi havo orqali harbiy amaliyotda ishtirok etadigan mamlakatlar samolyotlari joylashtirilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025