Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya sudi JCh-2022 uchun stadionlar qurilishi bo‘yicha FIFAga qarshi da'voni rad etdi
Shveytsariya sudi Niderlandiya va Bangladesh kasaba uyushmalari Qatardagi JCh-2022 inshootlarini qurish chog‘ida ishchilar huquqining poymol etilishi yuzasidan FIFA tashkiloti ustidan berilgan da'voni rad qildi. Bu haqda FIFA saytida xabar berilgan.
«FIFA Tsyurix shahrining arbitraj sudi qarorini ma'qullaydi. FIFA mehnat sharoitlari masalasiga jiddiy e'tibor qaratadi va vaziyatni kuzatib boradi. Tashkilot Qatar hukumatini ishchilarning xavfsizligi va munosib mehnat sharoitlariga jiddiy e'tibor qaratishga chaqiradi» - deyilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 turniri 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatarning 7ta shahrida, Doha, Lusayl, Al-Vaqra, Al-Xor, Al-Rayyan, Umm-Salal va Madinat-ash-Shamalda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025