Jahon | 08:47 / 06.01.2017
7117
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp maxsus xizmatlar hisobotining matbuotda paydo bo‘lganidan hayratda qolganini yashirmadi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp maxsus xizmatlar tomonidan kiberhujumlar haqida tayyorlangan maxfiy hisobotning OAVda paydo bo‘lishi xususida fikr bildirdi. U hisobotdagi ma'lumotlar dastlab matbuotda paydo bo‘lgani, xulosa rossiyalik xakerlar hujumiga uchragani uqdirilayotgan Demokratik partiya serverlarini o‘rganmasdan tuzilganidan hayratda ekanini ta'kidlagan. Tramp bu haqda Twitter mikroblogida yozgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"NBC "(AQSh prezidenti Obama) e'lon qilgan maxfiy hisobotning eksklyuzivini qanday qo‘lga kiritgan?" Bu hisobotni ularga kim, nima uchun berdi? Siyosatchilar!", — deb yozgan Tramp.

Bundan tashqari, saylangan prezident "Demokratik partiya ruslar hujumiga uchragan serverlarini o‘rganish uchun Federal qidiruv byurosiga qanday qilib taqdim etmasligi mumkinligini…" tanqid qilgan.

Avvalroq, Amerikaning qator telekanallari Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashganini isbotlovchi maxfiy hisobot tafsilotlari ma'lum bo‘lgani haqida xabar qilgan edi. Xususan, Rossiya va WikiLeaks o‘rtasidagi vositachi kimligiga oydinlik kiritilgan.

AQSh maxsus xizmatlari 5 yanvar kuni Rossiyaning AQSh prezidentlik saylovi kampaniyalari chog‘ida kiberhujumlarni amalga oshirganiga doir masala bo‘yicha Kongressga ko‘rsatma bergan edi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha marta bu kabi ayblovlar asossiz ekani, qolaversa, oshkor qilingan ma'lumotlarda Rossiya manfaatlariga javob beradigan hech narsa yo‘qligi, shov-shuv esa, uning mazmunidan e'tiborni chalg‘itish uchun qasddan amalga oshirilayotganini ta'kidlagan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid