Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron: Myanmada musulmonlar huquqlari poymol etilmoqda
Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif jahon hamjamiyati e'tiborini Myanmadagi Rohinya musulmonlarining diniy huquqlari poymol etilayotganiga qaratmoqda. U BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshga yo‘llagan maktubida ushbu muammo yuzasidan xalqaro darajada choralar ko‘rishni talab qilgan, deb xabar qilmoqda PressTV.
Myanmaning Rakxayn shtatidagi vaziyat izdan chiqishiga, asosan, sovuq qurollar bilan qurollangan rohinya (etnik bengallar) jangarilarining shtatdagi chegara postlari va harbiy qismlarga hujum qilgani sabab bo‘lgan. Bunga javoban, hukumat kuchlari aholi punktlarini jangarilardan tozalash ishlarini keskin tarzda o‘tkazgan edi. Oqibatda tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 30 mingga yaqin rohinyalik musulmonlar uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Turli musulmon mamlakatlar hukumatlari va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, xususan, Malayziya davlati Myanma hukumat qo‘shinlarining Rakxayn shtatidagi harakatlarini "genotsid" deb baholadi.
Zarif o‘z maktubida Myanma hukumatini rohinya musulmonlari huquqlarini zudlik bilan samarali himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirib, Guterreshni jahon hamjamiyati va musulmon dunyosi nomidan ushbu davlat hukumatiga murojaat qilishni hamda jabrlanganlarga gumanitar yordamlarni yetkazish uchun sharoit taqdim etishni talab qilishga undagan.
Rakxayn shtatidagi musulmonlar va buddaviylar alohida istiqomat qiladi. Myanma qonunchiligiga ko‘ra, o‘zlarini rohinya deb atovchi etnik bengallar bir necha avlodlar mobaynida ushbu hududda istiqomat qilishlariga qaramay, mamlakat fuqarolari hisoblanmaydi. Aksariyati buddaviylik diniga e'tiqod qiluvchi Myanma aholisi rohinyalarning fuqarolikka qabul qilinishiga qarshi. Huquqiy jihatdan, Myanmadagi bengallar qo‘shni Bangladeshdan kelgan qochqinlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025