Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda daryoga deyarli 3 ming tonna xavfli kislotani oqizib yuborgan kompaniya katta miqdordagi jarimaga tortildi
Xitoy hukumati Dystar Destuff gazlama mahsuloti ishlab chiqaruvchisini 20 million yuanlik (2,8 million AQSh dollari) jarimaga tortdi. Ma'lum bo‘lishicha, kompaniya mamlakat sharqidagi Taydun daryosiga 2,7 ming tonna sulfat kislotasini oqizib yuborgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Sud kompaniyaning olti nafar mas'ul shaxsini 3-5 yillik muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi.
Tekshirish ishlarida aniqlanishicha, Dystar Destuff rahbariyati chiqindilarni qayta ishlashdan iqtisod qilib qolish maqsadida, buni maxsus litsenziyasi bo‘lmagan tasodifiy firmaga topshirgan. U esa kislotani uchinchi shaxsga sotib yuborgan. Shundan so‘ng xavfli moddalar oqib ketgan va yaqin oradagi suv havzalariga jiddiy ziyon yetkazgan.
Ekologlarning ta'kidlashicha, mahalliy atrof-muhitni tiklash uchun uzoq yillar kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025