Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Baashikdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi
Bag‘dod va Anqara o‘rtasida Iroq shimolidagi Baashik aholi punktida joylashgan turk qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu haqda As Sumaria telekanaliga Iroq bosh vaziri Haydar Al Abadiy ma'lum qilgan.
"Turk qo‘shinlarini Baashikdan olib chiqish bo‘yicha Iroq talabi borasida kelishuvga erishilgan", - deb bayonot bergan Iroq bosh vaziri.
Iroq hukumati bir necha marotaba Turkiyadan mamlakat shimolidagi harbiylarini olib chiqishni talab qilgan edi. Rasmiy Bag‘dodga ko‘ra, Baashikda turk harbiy bo‘linmalarining bo‘lishi Iroq ichki ishlariga aralashish hisoblanib, davlat suverenitetini buzgan. Anqara ma'muriyati, Iroq rasmiylarining mamlakat shimoliy hududlarida turk kuchlari bo‘lishiga ruxsat berganini iddao etib, Bag‘dodning turli qarashini anglay olmayotganini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025