Turkiya Markaziy Osiyo muhojirlar oqimidan xavfsiramoqda
Istanbulda, ishchi toifa orasida Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yangi yilning birinchi kunida 39 kishining hayotiga zomin bo‘lgan tungi klubdagi qotillikni amalga oshirgan qurollangan shaxs muayayn vaqtini ularning orasida o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bu haqida Gulf News nashri xabar berdi.
Istanbulning tarixiy yarim orolidagi Zaytinburnudan o‘tganda, Bosfor qirg‘og‘ida Ortako‘y tumani bor. Aynan shu yerdagi tungi klubda yakshanba kuni qotil odamlarga qarata o‘t ochgan.
Uning sershovqin ko‘chalari qozoq va o‘zbek do‘konlari hamda restoranlariga to‘la. Do‘konlardagi yozuvlar uyg‘ur arab xatida yozilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Veysi Kaynakning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi uyg‘ur millatiga mansub bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, u Zaytinburggacha taksida kelgan. U haligacha ozodlikda.
Restoran hozir ochiq, lekin uning ba'zi xodimlari qo‘lga olingan.
Ko‘pchilik turklar Markaziy Osiyo, MDH va Xitoyning g‘arbiy qismidagi xalq vakillari bilan chuqur etnik va madaniy munosabat o‘rnatib keladi. Ular Zaytinburnu kabi hududlarda muhojirlar bilan hamjihatlikda yashab kelishgan. Biroq ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillardagi yangi muhojirlar oqimi bu munosabatlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
"Xonadonlar bir kunga ijaraga beriladi. Kim kelib, ketayotganini aytish qiyin. Mahalliy ma'murlarni hech kim ogohlantirmaydi", - dedi asli qozog‘istonlik bo‘lsa-da, Istanbulda tug‘ilib, o‘sgan Oqyo‘l.
Asosan musulmon hisoblangan, G‘arbiy Xitoy uyg‘urlari butun Markaziy Osiyo va Turkiya bo‘ylab tarqalgan.
Tungi klubdagi hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi va bu turk harbiylarining Suriyaga aralashuvi uchun qasos ekanligini ma'lum qildi. Xavfsizlik organlaridagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, qotil Markaziy Osiyodan chiqqan va Suriyada tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Zaytinburnuda yashovchi tub aholi, shu jumladan qozoq ildizlarga ega 65 yoshli turk ham okrugga yaqin orada tashrif buyurganlardan xavsirayotganlarini aytgan. Ularning fikricha, so‘nggi paytlarda bu yerga tashrif buyurayotganlar atayin, bir maqsadni ko‘zlab kelayotgandek. Ularni qo‘llab-quvvatlovchilar asosan bu yerga bir necha yillar avval kelib, o‘rnashib olganlardan iborat.
Mavzuga oid
17:22 / 19.11.2024
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
20:54 / 11.11.2024