Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya: «Roma» «Jyenoa»ni yengdi, «Sassuolo» «Torino» bilan durang o‘ynadi va boshqa natijalar
Italiya chempionatining 19-turi doirasida «Roma» «Jyenoa» bilan o‘ynadi. Genuyadagi «Luidji Ferraris» stadionida kechgan uchrashuv rimliklar jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 36-daqiqasida «Jyenoa» himoyachisi Armando Itstso o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va bu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. «Jyenoa» turnirda qatorasiga uchinchi marta mag‘lubiyatga uchramoqda.
«Roma» endilikda turnir jadvalida 41 ochko bilan ikkinchi o‘rinda «Yuventus»ni (42 ochko) ta'qib etmoqda.
Yana bir uchrashuvda «Latsio» «Krotone» ustidan oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi. «Atalanta» esa «Kevo»ni yirik hisobda tor-mor keltirdi (4:1), «Sassuolo» va «Torino» o‘zaro durang o‘ynadi.
Jyenoa – Roma 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 36, avtogol Itstso.
Jyenoa – Perin (Lamanna, 9), Itstso, Burdisso, Munos, Kofi, Laksalt, Rigoni, Ninkovich (Edenilson, 62), Lazovich (Pinilya, 78), Okampos, Simeone.
Roma – Shchensny, Emerson, Ryudiger, Fasio, Bruno Peres (Manolas, 85), Nainggolan (Paredes, 88), Strotman, Perotti (El-Shaaravi, 78), de Rossi, Jyezus, Djyeko.
Ogohlantirishlar: Kofi (27), Ryudiger (38), de Rossi (49), Strotman (66), Okampos (81), Fasio (84).
Latsio – Krotone 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Immobile.
Latsio – Marketti, de Vrey, Radu, Basta, Xudt, Parolo, Bigliya (Rossi, 82), Milinkovich-Savich, Luis Alberto (Kataldi, 82), Lombardi (Kishna, 77), Immobile.
Krotone – Festa, Ferrari, Chekkerini, Sampirizi, Martella (Simi, 90), Roden, Krisetig, Barberis, Stoyan (Palladino, 52), Trotta (Rozi, 81), Falchinelli.
Ogohlantirishlar: Lombardi (15), Festa (54), Roden (77), Immobile (90).
Sassuolo – Torino 0:0 (0:0, 0:0)
Sassuolo – Konsili, Acherbi, Letsxert, Peluzo, Lirola, Raguza, Sensi, Richchi (Matri, 78), Akvilani, Politano (Berardi, 72), Defrel.
Torino – Hart, Rossettini, Barreka, Dzappakosta, Moretti (Kastan, 84), Obi (Bazelli, 79), Valdifori, Yago Falke, Benassi, Lyayich (Iturbe, 68), Belotti.
Ogohlantirishlar: Belotti (65), Valdifori (76), Berardi (85), Bazelli (90), Raguza (90).
Kevo – Atalanta 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4 Gomes, 0:2 – 23 Gomes, 0:3 – 42 Konti, 1:3 – 62 Pellisse, 1:4 – 69 Froyler.
Kevo – Sorrentino, Daynelli, Gobbi, Frey, Gamberini, Birsa (Kiyine, 84), Radovanovich, de Guzman (Basten, 46), Kastro, Medjorini (Floro Flores, 46), Pellisse.
Atalanta – Berisha, Masello, Zukanovich, Konti, Toloi, Grassi (Konko, 68), Spinatstsola, Kurtich, Froyler, Gomes (D'Alessandro, 87), Petanya (Paloski, 90).
Ogohlantirishlar: Grassi (27), Frey (29).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025