Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yo‘l muzlashi tufayli ro‘y bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jabrlandi
Fransiya sharqida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lib, 27 kishi jarohatlandi. Bu haqda Creusot Infos xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, bu hodisa Sona va Luara departamentlarini bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Portugaliyalik 40 nafar kishi mingan avtobus Shveytsariyaga yo‘l olgandi. Haydovchi yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari yetib borgan. Jarohatlanganlardan ikki nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Yo‘l-transport hodisasiga yo‘lning muzlagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025