Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Koreyada Apache AH-64D vertolyotlarini joylashtiradi
AQSh shu yilning fevral oyi boshida Koreya respublikasida zarba berishga ixtisoslashgan 24 ta Apache AH-64D vertolyotlarini joylashtiradi. Bu haqda Koreya milliy mudofaa vazirligi ma'lum qilmoqda.
"Vertolyot bataloni Seuldan 70 km janubda bo‘lgan Pyontek shahrining Kemp Xampris bazasida joylashtiriladi, - deyiladi xabarda. –Janubiy Koreyaga mazkur bo‘linmaning safarbar etilishi AQShning ittifoqchilik majburiyatlariga sodiqligini anglatadi va ikki mamlakat harbiy alyansini yanada kuchaytirish imkonini beradi".
Apache vertolyotlari birinchi navbatda tanklar va boshqa zirhli texnikalarga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan. Bu texnikalarning Koreyaga tashlanishi "Shimoliy Koreya tomonidan tahdid kuchayib borayotgan bir vaqtda mamlakat mudofaa salohiyatini kuchaytiradi", - deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025