Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gevorkyan yangi mavsumda O‘zbekiston chempionatida o‘ynamaydi
Uzoq yillar davomida O‘zbekiston chempionatining bir qator jamoalarida yorqin o‘yinlar namoyish etgan, o‘tgan yilni «Nasaf» va «Lokomotiv» jamoalari safida o‘tkazgan turkmanistonlik Artur Gevorkyan endi O‘zbekiston jamoalarida o‘ynamaydi.
Xabarlarga ko‘ra, o‘tgan mavsum «Nasaf» dan erkin agent sifatida «Lokomotiv» safiga o‘tgan futbolchi Malayziya jamoalaridan birida to‘p surishi mumkin.
Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi «Nasaf» tarkibida OFK kubogi sohibi, O‘zbekiston vitse-chempioni, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi sohibiga aylangan, «Lokomotiv»tarkibida O‘zbekiston Chempionati oltin medallari va Kubogini qo‘lga kiritgan.
Artur Gevorkyan o‘tgan mavsum «Lokomotiv» safida Oliy Liganing 14 uchrashuvida maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 1 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025